35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Saylovchilar bilan uchrashuv


✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Azamat Almardanovich 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

✅Deputat tomonidan Bandixon tumanidagi “O'rg'ulsoy” mahallasida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bandixon tumani bo‘limi boshlig‘i H.To‘rayev hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

✅Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

✅Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi.

✅Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

✅Hisobot davomida Azamat Pardayev Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

✅Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Mazkur ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani mustahkamlash, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 5