Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugida saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Deputatlarning axboroti saylovchilarga Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan o‘qib eshittirildi.

🏗 Axborot davomida hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ham ma’lumot berildi.
Jumladan:
🔹 ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish va ta’mirlash ishlari;
🔹 bolalar maydonchalari hamda sport inshootlarini barpo etish;
🔹 hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan hududni yanada rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, gaz ta’minoti, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi.

👥 Deputat tashabbusi bilan uchrashuvda ishtirok etgan Taxiatosh tumani hokimligi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.Madaminov, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlar fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berib, murojaatlar yuzasidan tegishli izoh va tushuntirishlar berdi.

⚡️ Ochiq muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4