Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
Kengash_faoliyati
💼Qonun ijrosi va ijtimoiy taraqqiyot nazoratda: "Qaldirg'och" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!

🗣Bandixon tumanida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini tizimli tahlil qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

📍Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg'och" saylov okrugi deputati D.Qudratovga
biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg'och" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

⏺Mazkur o‘rganish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, quyidagilar ko‘rib chiqildi:

🟢Yoshlar bandligi: Mahalladagi ishsiz yoshlarning ro‘yxatlarini shakllantirish, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

🟢Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va to‘garaklar tashkil etish sifati;

🟢Muammolarga yechim: "Yoshlar daftari" orqali yoshlarning murojaatlarini o‘rganish va ularga manzilli yordam ko‘rsatish holati.

🫥O‘rganishlar yakunida mahalladagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, "mahalla yettiligi" faollari hamkorligini kuchaytirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 1