Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
Chilonzor tuman hokimligida “Situatsion markazi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining III-21-45-14-204-K/26-son qarori tasdiqlandi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish borasida bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, tuman hokimligida “Situatsion markazi” tashkil etildi.

Shuningdek, tumandagi 55 ta mahallaga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirildi. Barcha idoralar va mas’ul tashkilotlarning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha xizmat vazifalari aniq belgilab berildi.

Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 17 nafar professor-o‘qituvchisi, 56 nafar magistratura tinglovchisi hamda dual ta’lim tizimi asosida 400 nafar kursanti ushbu jarayonga jalb qilindi.

Slide 1 of 1