Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
📌 “DOLZARB 90 KUN” DASTURI DEPUTAT NAZORATIDA!

🚀 Shovotda yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda
Kuni kecha xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida tumanda yoshlarning yozgi ta’tilini samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi muhokama qilinib, deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan edi. 
📉 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida, tuman Kengashi deputati Z.Polvonova joylarda o‘rganishlar olib bordi.
🔍 O‘rganishlar davomida deputat tumandagi ta’lim muassasalari va mahallalarda tashkil etilgan zamonaviy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan: 
Xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va robototexnika kabi zamonaviy yo‘nalishlar; 
Tikuvchilik, pazandachilik va hunarmandchilik kurslari; 
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar ko‘zdan kechirildi. 
💬 Shuningdek, muloqotlar davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari, taklif va istaklari tinglandi. Deputat yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidlab, ularni kitobxonlik, sport va intellektual o‘yinlarda yanada faol bo‘lishga chaqirdi. 
Shovot tumanidagi 52 ta mahalla va 54 ta maktabda yoshlarning yozgi ta’tilini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2