Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
Ko‘p qavatli uylar holati nazoratda: "Jayhun" mahallasida PQ–48-sonli qaror ijrosi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatovalar “Jayhun” mahallasi hududida bo‘lib, amaliy o‘rganish ishlarini olib bordilar.

⏺Mazkur nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining haqiqiy holatini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

💬Deputat va Kengash kotibiyati mudiri ko‘p qavatli uylarning ahvolini quyidagi yo‘nalishlarda birma-bir ko‘zdan kechirdilar:

🟢Binolarning fasad (tashqi) qismi: Uy-joylarning tashqi qiyofasi, fasadlarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining sifati hamda ularning estetik holati;

🟢Uylarning yer to‘la (podval) qismi: Yer to‘lalardagi ichimlik suvi, oqova suv va issiqlik tizimi quvurlarining sozligi, sizib chiqish holatlarining bor-yo‘qligi hamda sanitariya-ekologik holati sinchkovlik bilan tahlil qilindi.

🟢O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning fasad qismi hamda yer to‘la qismlarida aholi e'tirozlariga sabab bo‘layotgan bir qator texnik va kommunal kamchiliklar aniqlandi.

📖Mavjud muammolarni qisqa fursatda bartaraf etish maqsadida, aniqlangan barcha kamchiliklar deputat G.Abramatovaning murojaat daftariga qayd etildi hamda mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.
Slide 1 of 4