Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Mahalla boshqaruvini yangi bosqichga ko‘tarish: "Jayhun" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatovalar “Jayhun” mahallasida bo‘lib, hududiy faoliyatni o‘rgandilar.

💬Tashrif davomida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratildi.

💬Kengash kotibiyati mudiri mahalla mas’ullari bilan suhbatlashib, Farmondan kelib chiqadigan muhim vazifalarni tahlil qildilar:

🟢Boshqaruv samaradorligi: "Mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, har bir fuqaro bilan "xonadonbay" ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish;
🟢Aholi murojaatlari: Hududdagi mavjud muammolarni erta aniqlash va ularni tezkor, qonuniy hal etish mexanizmlarini joriy qilish;
🟢Deputatlik nazorati: "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida mahalladagi ishlarni nazorat qilish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga manzilli yechim topish.
💬"Mahalla — davlatning eng quyi bo‘g‘ini, islohotlarimizning ko‘zgusi. Prezidentimizning ushbu Farmoni mahalla raisi va uning atrofidagi faollarga katta ishonch bilan birga, yuksak mas’uliyat ham yuklaydi. Biz deputatlar sifatida har bir mahallada ushbu tizimning haqiqiy natijasini ko‘rishimiz, aholi uchun qulaylik yaratishimiz shart!" — deya ta’kidladi deputat.

🫥O‘rganish yakunida "Jayhun" mahallasi faollariga PF–116-sonli Farmon talablarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, aholi murojaatlari bilan ishlashda ochiqlikni ta’minlash hamda hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.