Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Deputatlik so‘rovi — qat’iy nazoratda: "Bog‘ishamol" mahallasida ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova hamda shahar hokimining o‘rinbosari B.Ergashovlar “Bog‘ishamol” mahallasidagi "Farovon" massivida bo‘ldilar.

💬Mazkur tashrif joriy yilning 6-iyul sanasida 143-ds-408-26-son fuqarolar murojaati asosida yo‘llangan deputatlik so‘rovi ijrosini bevosita joyiga chiqqan holda ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

💬Deputatlik so‘rovida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga (podyezdlariga) tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, binolarning yer to‘la (podval) qismidagi nosoz suv quvurlarini mukammal ta’mirlash hamda yer to‘lalarni chiqindilardan tozalash va sanitariya holatini yaxshilash masalalar ko‘tarilgan edi.

💬Deputat Sh.Allamurodova va shahar hokimi o‘rinbosari B.Ergashov uylarning kirish yo‘laklari hamda yer to‘lalarini birma-bir ko‘zdan kechirdilar.

💬Aniqlangan barcha kamchiliklarni sifatli qilib bartaraf etish yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

💬"Deputatlik so‘rovi faqatgina qog‘ozda qolmasligi shart. Bugun shahar hokimligi bilan birgalikda Farovon massividagi muammolarni joyida ko‘rdik. Boshqaruv servis kompaniyalari aholidan yig‘ilayotgan mablag‘lar evaziga sifatli xizmat ko‘rsatishga majbur. Biz barcha kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar nazoratni to‘xtatmaymiz," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 3