Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Termiz shahrida yashil ekin maydonlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yosh fermerlar va aholi tomorqalarini qo‘llab-quvvatlash deputatlik nazoratining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O‘rganishlar davomida Termiz shahar "Pattakesar" mahalla raisi hududdagi ekin maydonlarini sug‘orish uchun oqar suv yetib kelmayotganligini bildirdi.

💬Buning asosiy sababi sifatida Surxondaryo daryosida suv sathining sayozlashib ketganligi bois, u yerda barpo etilgan sun’iy suv inshooti (damba) ochilib (yiqilib) ketganligi ko‘rsatildi.

💬Mazkur murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilganda, daryodagi sun’iy suv inshooti (damba) haqiqatdan ham ochiq holda yotgani aniqlanib, damba atrofida faoliyat yuritayotgan qurilish texnikalari daryo o‘zanidan qum yuklab, boshqa manzilga olib ketayotganligi kuzatildi.

🫥Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi doimiy komissiyasining qaror loyihasida mas’ullarga quyidagi aniq vazifalar belgilab berilgan:

🟢Suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish;
🟢Xo‘jaliklararo kanallar va ichki sug‘orish tarmoqlarini o‘z vaqtida ta’mirlash;
🟢Fermerlar va tomorqa egalarining muammolarini bevosita joyida o‘rganib, hal etish.

💬Deputatlar va komissiya a’zolari ushbu qaror ijrosining amaliy holatini keskin va tanqidiy tahlil qildilar. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga qat’iy topshiriqlar berildi.

💬Ko‘rilgan choralar natijasida, Surxondaryo daryosida damba hosil qilindi va ekin maydonlariga sug‘orish suvining ochilishi ta’minlandi!

📌Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, suv ta’minotini yanada yaxshilash hamda Kengash qarorlarining so‘zsiz bajarilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5