Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Deputatlar faoliyati va sessiyaga tayyorgarlik: Kengash kotibiyatida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdilar.

💬Dastlab, Kengash deputatlarining o‘tgan hafta mobaynida o‘z saylov okruglarida amalga oshirgan ishlari, "mahalla yettiligi" bilan o‘tkazgan nazorat-tahlil tadbirlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hamda ijro organlariga yuborilgan deputatlik so‘rovlari tahlil qilindi.

💬Deputatlarning hududlarda ko‘targan muammolari, qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish natijalari hamda aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama etildi.

💬Shundan so‘ng, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha atroflicha muhokamalar olib borildi. Xususan:

🟢Kun tartibidagi har bir masala;
🟢Ijro organlari rahbarlarining hisobotlari;
🟢Sessiyaga qadar doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

💬"Har bir deputat faoliyati — shahar rivoji uchun qo‘yilgan qadamdir. Bizning maqsadimiz — sessiyaga kiritiladigan har bir masalani chuqur o‘rganilgan, aholini qiynayotgan muammolarga yechim bo‘la oladigan darajada puxta tayyorlashdir," — deya ta'kidladi kotibiyat mudiri A.Ashurov.

🫥Yig‘ilish yakunida mutaxassislarga deputatlarning saylovchilar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, murojaatlarni ijrosini ta’minlash hamda sessiya jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 2