Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi N.Tojiboyev faoliyati, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqqan holda ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan yoshlarga amaliy ko‘mak berish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4