Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Chilonzor tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasini amalda: Deputat M.Kim tashbbusi bilan "Ertaklar olamiga sayohat" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Chilonzor tumani 280-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Ertaklar olamiga sayohat" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarning yozgi ta'til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan topshiriqlari hamda Chilonzor tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasini amalga tatbiq etish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi asosida o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ertaklar olamiga sayohat qilib, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, viktorinalar va interaktiv o‘yinlarda faol ishtirok etdilar. Ushbu ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv yoshlarning madaniyatini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodning ma'naviy kamoloti, kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5