Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Deputat ko‘magi bilan fuqaroning huquqi tiklandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat ko‘magi bilan fuqaroning huquqi tiklandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📝 Joriy yilning 20-yanvar kuni deputat qabuliga fuqaro Leonid Stepanovich Shaxnazarov murojaat qilib, o‘ziga nisbatan hisoblangan soliq qarzdorligi asossiz ekanligini, soliq to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘liq amalga oshirganiga qaramay qarzdorlik yuzaga kelganini ma’lum qildi.

📁 Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasiga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Olib borilgan o‘rganishlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar natijasida masala sud tartibida ko‘rib chiqildi.

📋 Natijada fuqaroning huquqlari tiklanib, sud qarori uning foydasiga hal etildi. Joriy yilning 10-iyun kuni Leonid Shaxnazarov yana deputat qabulida bo‘lib, sudda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi hamda o‘zining qonuniy huquqlarini tiklashda ko‘rsatilgan amaliy yordam va e’tibor uchun deputat Toshpo‘lat Matibayevga samimiy minnatdorlik bildirdi.

🔎 Mazkur holat fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda deputatlik nazoratining amaliy samarasi va ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5