Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
“Kokildorota” mahallasida infratuzilma muammolari deputatlik nazoratida: ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov hamda shahar Kengashiga 25-"Kokildorota" saylov okrugidan saylangan deputat M.Sidiqovaning okrugiga qarashli "Kokildorota" mahallasida navbatdagi manzilli o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning texnik holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘llarda mavjud nosozliklar hamda ularni ta'mirlash zarur bo‘lgan uchastkalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

💬 Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ichki yo‘llarni ta'mirlash, infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirishga oid murojaatlar tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar deputatning "Murojaat daftari"ga batafsil qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va murojaatlar kiritilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.