Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumani Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi qurilish ishlari ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyiha mahallada sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumani Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi qurilish ishlari ko‘zdan kechirdi. Mazkur loyiha mahallada sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Tashrif davomida qurilish ishlarining bugungi holati, belgilangan reja-jadval asosida olib borilayotgan ishlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganlik hamda loyihani o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. N.Toychieva mas’ullar bilan suhbat davomida qurilish ishlarining sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratish, loyihani belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash hamda korxonani tez fursatda ishga tushirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifa ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, qurilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish, davlat dasturlari doirasida belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash va hududda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda. 

Slide 1 of 5