Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, doimiy komissiyaga biriktirilgan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a'zosi G.Mirzayeva hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi L.Muqimov ishtirokida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–528-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisobotini har tomonlama va xolisona baholash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, oilani rejalashtirish xizmatlarini tashkil etish, homilador ayollarni muntazam tibbiy kuzatuvga olish, skrining tekshiruvlarini o‘z vaqtida o‘tkazish, reproduktiv yoshdagi aholi o‘rtasida tibbiy-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Qonun talablariga muvofiq fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida tibbiy xizmatlarning sifati, zamonaviy diagnostika va davolash usullarining joriy etilishi, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, malakali tibbiyot xodimlari bilan ta'minlanganlik holati hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta'minlash, profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5