Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, doimiy komissiyaga biriktirilgan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a'zosi G.Mirzayeva hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi G.Mahammadieva ishtirokida tumandagi 1-Nurobod saylov okrugiga qarashli Navro‘z mahallasi profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

⚡️ Mazkur o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-son Qonuni ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

⌛Xususan, aholi, ayniqsa yoshlar va nuroniylar o‘rtasida kiberjinoyatlar, internet firibgarligi, noqonuniy havolalar, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, bank plastik kartalari va elektron to‘lov tizimlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari, fuqarolarning kiberxavfsizlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik holati tahlil qilindi.

⚡️Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan fuqarolarni telefon va internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlaridan ogoh etish, kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish hamda jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

🔘O‘rganish yakunida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosini yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish, fuqarolarning raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚡️Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan umumlashtirilib, qonun ijrosi ustidan deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 3