Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
"Furqat" mahallasida obodonlashtirish ishlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ "Furqat" mahallasida obodonlashtirish ishlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Tatyana Gribanova tomonidan Mirobod tumanidagi "Furqat" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyati, hududda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, "Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.

🔎 Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla ichki yo‘llari, ko‘chalarni yoritish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

🔺 O‘rganish davomida "VEOLIA Tashkent" MCHJ tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, kommunal infratuzilmani yanada takomillashtirish, muhandislik tarmoqlarini sifatli ekspluatatsiya qilish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Muloqot yakunida "Obod mahalla" dasturi doirasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✅ Hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalla yettiligi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8