Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, doimiy komissiyaga biriktirilgan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a'zosi G.Mirzayeva hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi L.Muqimov ishtirokida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisobotini har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.

⚡️ O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–88-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

📍Jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning samaradorligini ta'minlash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, malakali tibbiy kadrlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining sifatli va tezkor tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullarning axborotlari tinglandi.

💬Shuningdek, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, tibbiyot muassasalarida islohotlarning amaliy natijalari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilinib, sohani yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔘O‘rganish yakunlari umumlashtirilib, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisobotini ko‘rib chiqish jarayonida inobatga olinadi.

Slide 1 of 4