Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI

 KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI
O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Rahimov, tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda “MADAD” nodavlat
notijorat tashkilotining Quva tuman vakili X.Qodirov ishtirokida Namuna
mahalla fuqarolar yig‘inining Paxtaobod qishlog‘idagi ko‘chaboshilar
(oqsoqollar) bilan uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil
26-dekabrda qabul qilingan “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining
boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi
O‘RQ–415-son Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va kafolatlar, ijtimoiy
xizmatlarni tashkil etish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha tushunchalar
berildi.


Shuningdek, uchrashuv davomida Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining
navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Farg‘ona
tozalik sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali tomonidan mahallalarda
sanitariya-tozalik xizmatlarini tashkil etish holati to‘g‘risidagi masala
yuzasidan ham fuqarolarning fikr va takliflari o‘rganildi. Aholi tomonidan
chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya texnikasi harakat jadvaliga
rioya etilishi, xizmatlar sifati va qamrovini yanada yaxshilash bo‘yicha bir
qator takliflar bildirildi.


Uchrashuvda bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularni xalq
deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan
masalalarni muhokama qilish jarayonida inobatga olish yuzasidan tegishli
choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha
o‘rganish daftari”ga qayd etilib, bartaraf qilinishi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 5