Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar, xususan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar, xususan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mazkur hududda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi, shuningdek, ishlarning belgilangan grafik asosida bajarilishi holatini ko‘zdan kechirdi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot davomida yo‘lakchaning aholi uchun ahamiyati, ayniqsa bolalar,
keksalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Mahalla hududida bunyod etilayotgan ushbu piyodalar yo‘lakchasi aholining kundalik harakatlanishini yengillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda mahallaning umumiy qiyofasini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirishga xizmat qilishi qayd etildi. Deputat qurilish ishlarini amalga oshirayotgan mas’ul tashkilot va mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazib, ish sifatini yanada oshirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda yo‘lakcha qurilishida foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, qurilish jarayonida mahalla aholisining taklif va mulohazalarini inobatga olish, yo‘lakchaning kirish-chiqish nuqtalarida qulaylik yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tashrif yakunida deputat mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy
nazoratga olinishi, mahallada infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni samarali amalga oshirish borasida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi.
 

Slide 1 of 5