35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati J.Hasanov “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman miqyosidagi mutasaddilarga deputatlik so‘rovlarini yubordi.

Murojaatlar negizida hududdagi eng og‘riqli uchta masala — tibbiyot, ekologiya va maktabgacha ta’lim muammolari aks etgan:

1. Olis qishloq aholisi uchun mobil tibbiyot xonasi tashkil etiladi

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Yuldoshevga.

Tuman markazidan qariyb 20 km uzoqlikda joylashgan “Madaniy turmush” qishlog‘ida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bino yo‘q. Keksalar, homilador ayollar va yosh bolali onalar oddiy muolajalar uchun ham uzoq yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda.

Hududda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 1 xonali maxsus tibbiyot konteynerini (mobil ijtimoiy xona) ajratish va uni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqilishi so‘raldi.

2. O‘zbekiston ko‘chasidagi chiqindi muammosi bartaraf etiladi

“Bio tex eko” MChJ rahbari K.Shomurodovga.

Mahallaning O‘zbekiston ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani sababli noqonuniy chiqindi uyumlari yuzaga kelgan. Havo isib borayotgani sababli badbo‘y hid va yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi ortmoqda.

Chiqindi uyumlarini qisqa muddatda to‘liq tozalash hamda maxsus transport vositalarining qat’iy grafik asosida kelishini ta’minlash talab qilindi.

3. Mahallada 150 o‘rinli bog‘cha qurish zarurati qo‘yildi
Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tashanovaga.

“Tolto‘g‘ay” mahallasida bog‘cha yoshidagi (3–7 yosh) bolalar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, hududda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas.

Mahallada kamida 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha qurish yoki uni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini asoslantirgan holda ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq, deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish mansabdor shaxslarga qonuniy javobgarlik keltirib chiqaradi.