35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Doimiy komissiya yig'ilishida muhokama qilingan masala joyida borib o’rganildi.

Tumandagi “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida yangidan tashkil etilgan 60 o‘rinli 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik maqomi berish to‘g‘risida tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ko'rib chiqdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi 595-son Qonuniga asosan, Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2026 yil 8-maydagi 01-02-2038-son hamda Romitan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2026-yil 13-maydagi 01/418-sonli xati xalq deputatlari tuman Kengashining

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilinganligini hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan taklif va fikr mulohazalarni inobatga olib “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida

joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 17-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida yangidan tashkil etilgan 60 o‘rinli 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik maqomi berish uchun komissiya maqullab navbatdagi tuman kengash sessiyasiga kiritishga qaror qabul kildi.

Slide 1 of 1