35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
DEPUTAT TOMONIDAN QURILISH ISHLARI NAZORAT QILINMOQDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Qizilsoy” mahallasida bo‘lib, mahalla hududidan oqib
o‘tuvchi “Kulba” soyining o‘zanini to‘g‘irlash, shuningdek, 800 metrli sel tashlama hamda plitali yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirdi. Nazorat-tahlil tadbiri davomida obyektda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xalq vakili tomonidan qurilish ishlarining sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunida quruvchilar tomonidan obyektda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari belgilangan muddatda va talab darajasida topshirilishi ta’minlanishi ma’lum qilindi.
  

Slide 1 of 5