35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
Deputat mahallada Jamoat transporti va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi

 Jamoat transporti va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash
masalalari muhokama qilindi
 

 Aholi uchun
qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, jamoat transporti xizmati
sifatini oshirish hamda ichki ko‘chalarni tartibga keltirish deputatlik
nazoratining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
 

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi
15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan Fayzabod mahallasi
raisi bilan hududdagi transport qatnovi va yo‘llarni shag‘allashtirish
masalalari yuzasidan amaliy suhbat o‘tkazildi.
 

 Jamoat
transportidagi ijobiy o‘zgarishlar: Suhbat davomida mahalla raisi tomonidan
ta’kidlanganidek, Piskent tumani markazi va «Fayzabod» MFY o‘rtasida aholiga
xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida tadbirkor tomonidan yo‘nalishli
yengil avtomobillar (Damas) qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Eng muhimi, yo‘l haqi
tariflari nisbatan arzonlashtirilgani mahalla ahliga katta qulaylik yaratdi va
fuqarolar tomonidan iliq kutib olindi.
 

Ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish rejasi:
Uchrashuvda hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, tirbandliklarning
oldini olish masalalari ham atroflicha so‘z yuritildi. Mahalla raisi hududdagi
ayrim ichki ko‘chalarni, xususan, Farhod, Oxunboboyev hamda Istiqlol berk
ko‘chalarini qisman shag‘allashtirish zarurati borligini bildirdi.
 

 Kelgusidagi
chora-tadbirlar: Deputat D.Komilova tomonidan mazkur ko‘chalarni
shag‘allashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, bu borada tegishli tashkilotlar
bilan hamkorlik qilish va zarur ko‘makni yo‘naltirish choralari kelishib
olindi. Yo‘llarni ta’mirlash va aholi turmush farovonligini oshirish masalalari
qat’iy nazoratga olindi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/