35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
янв.21
Yangi Xo‘jabod mahallasi Kengash raisi nazoratida
янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mas’ul soha vakillari ishtirok etdilarTuman hokimining birinchi o‘rinbosarlari Sh.Zayniyevning xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
​Tuman prokurori Z.Barnayevning tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida 2026-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Zayniyevning “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosini ta’minlash hamda A.Toshnazarovning yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va energiya samaradorligini oshirish (PQ-133) borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi.Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.Rustamovning tuman mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Axmedovning mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash borasidagi hisobotlari eshitildi.Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i v.v.b G‘.Sodiqovning aholi bandligini ta’minlash hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi komissiyasi raisi Z.Tog‘ayevning mazkur bo‘limda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.
Yig‘ilishda tuman Kengashi doimiy komissiya raisi T.Xalilovaning deputatlik so‘rovlari ijrosi tahlili, A.Jo‘rayevning Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi faoliyati, A.Raxmonovning “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, O.Murodullayevning suv ta’minoti tizimidagi ishlar hamda A.Ibragimovning “Bog‘ishamol” mahallasida “Mening bog'im” loyihasini tashkil etish to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tnuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘.Jumayevning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirishga o‘zgartirish kiritish, vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini hamda tuman byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash bo‘yicha Nizomni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qildi.

Slide 1 of 10