Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Xotira – milliy ruh, qadr – insoniy burchdir!

Xotira – milliy ruh, qadr – insoniy burchdir!

Bugun 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan erta tongda “Motamsaro ona” haykali monumenti maydonida Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov boshchiligida Termiz tuman Kengashi deputatlari,huquq muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tuman rahbari yig‘ilganlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda G‘alabaning 81 yilligi bilan samimiy qutlab, Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlarimiz doimo qalblarimizda mangu yashashini ta’kidladi.

Tadbir doirasida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ushbu marosim Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularning mangu xizmatlarini e’zozlash ramzi bo‘ldi.

Shundan so‘ng, madaniyat xodimlari va o‘quvchi yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi. Dunyo tinchligi yo‘lida jonini fido qilganlar xotirasi yod etilib, hozirgi dorilomon hayotimiz uchun shukronalar aytildi.

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni o‘zgacha ma’naviy ruhda nishonlanmoqda. Bu sana — aziz ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlari davomchisi bo‘lish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksalarga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kabi olijanob maqsadlarni o‘zida mujassam etgan muhim sanadir.

Slide 1 of 7