Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi

Deputat tashabbusi bilan hududdagi ijtimoiy sohadagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati A.Xasanov, Olmazor tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Xasanov, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda XDP partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidovlar ishtirokida 315-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog jamoa bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘qituvchilar tomonidan ta’lim tizimidagi mavjud muammolar, jumladan, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, sinf xonalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o‘quvchilar davomatini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda pedagoglarga yaratilayotgan sharoitlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Shuningdek, pedagoglar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash yuzasidan bir qator taklif va tashabbuslar bildirildi.

Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat yuzasidan atroflicha fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlarni yaxshilash hamda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Yakunda bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonuniy tartibda hal etish hamda ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6