Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Sevara Yo'ldosheva tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Sevara Yo'ldosheva tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rov orqali hududimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularini o‘rgatish, amaliy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, hamda ta’lim muassasalarini zarur musiqa asboblari va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash holati yuzasidan batafsil ma’lumotlar so'raldi. Shuningdek, musiqa fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va milliy cholg‘ularda ijro etish ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili taqdim etilishi ham qayd etilgan. Mazkur so'rovni yuborishdan asosiy maqsad hududdagi maktablarda musiqa ta’limi sifatini oshirish, o‘quvchilarning milliy san’atga qiziqishini kuchaytirish, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilashdan iborat.

Slide 1 of 1