Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
янв.21
Bolalar xavfsizligi va sharoitlar — doimiy e’tiborda
Zomin tumanida deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Zomin tumanida bo‘lib, hududlarda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida “mahalla yettiligi” hamda mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning o‘zaro uyg‘un va tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shu bilan birga, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni manzilli tashkil etish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda deputatlarning saylovchilar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish, hududlarda mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish orqali tizimli yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qator masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliy yechimga yo‘naltirish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Yakunda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, shuningdek, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritish orqali tizimli nazorat o‘rnatilishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 10