Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Xudoyberdiyeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan “Do‘stlik” mahallasida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati, ularning ta’mirtalab uchastkalari, harakat xavfsizligi darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ko‘chalarning tungi yoritilishi, mavjud yoritish tizimlarining ishlash holati ham tahlil qilindi.

 Shuningdek, mahalla aholisi bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tinglandi. Aholi tomonidan, ayniqsa, ichki yo‘llarni ta’mirlash va tungi yoritishni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 O‘rganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur o‘rganishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining yashash sharoitlarini yanada qulay va xavfsiz qilish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3