Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov saylangan “G‘ishtko‘prik” mahallasida Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchisi T.Maxmudov faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Orasta ko‘chasi 6-uyda yashovchi Sodiqova Ziyodani bandligini ta’minlash uchun tikuv mashinasi, Namangan ko‘chasi 31-uyda yashovchi Xushnazarova Dilnozaxonni kasanachilikka asosida ish o‘rni bilan ta’minlash uchun tikuv mashinasi subsidiya asosida ajratib berilgan bo‘lib, fuqarolarning xonadonlariga kirib o‘rganish o‘tkazildi.

Shuningdek, Gʻalaba ko‘chasi 12-uyda yashovchi Boymirzayeva Muxayyoxonni ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun 10 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, xozirda ushbu fuqaro tomonidan faoliyatini kengaytirib ishlarni tashkil etib borayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Guzar ko‘chasi 40-uyda yashovchi Kamolov Ilxomjonga temirchilik ishlari uchun svkarka apparati subsidiya asosida berilgan bo‘lib, bugungi kunda samarali faoliyat olib borayotganligi, xokim yordamchisi doimiy ravishda aloqada bo‘lib, barch zaruriy yordamlarni ko‘rsatib kelayotganligini bildirdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3