Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Juvozxona mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Juvozxona mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilma va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, mahallada 23 km tosh-shag‘al yo‘llar, 3 km tuproq yo‘llar hamda 3 km ta’mirtalab yo‘llar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, elektr ta’minoti yo‘nalishida 1 ta transformator ta’mirtalab holatda ekani, 90 ta simyog‘och yaroqsiz holga kelgani qayd etildi. Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha esa 564 ta xonadon markazlashgan suv tarmog‘iga ulanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mahallada o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati ham alohida o‘rganilib, ularning samaradorligi va amaldagi holati tahlil qilindi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3