Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2026-yil 28-aprel kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Quruqsoy” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan hudud — “Quruqsoy” MFYda bo‘lib, mahalladagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida “Quruqsoy” MFY profilaktika inspektori Qo‘chqorov Ramazon Tursunboyevich bilan birgalikda aholidan tushayotgan murojaatlar, fuqarolar osoyishtaligi hamda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. O‘rganish jarayonida “Quruqsoy” MFYda 2025–2026-yillarning shu davrigacha 1 ta o‘g‘rilik jinoyati sodir etilgani ma’lum qilindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan haftaning har payshanba kuni mahalla yoshlari bilan jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazib kelinayotgani, aholiga huquq va burchlarini bilish yuzasidan tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Muloqot jarayonida profilaktika inspektorining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tinglanib, uning xizmat faoliyati, mas’uliyat darajasi hamda alohida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Deputat tomonidan bu boradagi jamoatchilik nazorati yanada kuchaytirilishi qayd etildi. Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish va “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, aholi kam qatnovchi va hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.  

Slide 1 of 2