Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga
4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan hudud — “Qirg‘isovul” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar
o‘rganildi. Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 6 nafar yosh doimiy ishga joylashtirilib, ularning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 3 nafar yoshga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan. Bundan tashqari, yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi hamda ularni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul o‘tashi uchun 1 nafar yosh yuborilgani qayd etildi. Muloqot jarayonida deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Tadbir yakunida mahalladagi yoshlar muammolari va takliflari muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 4