Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Bekobodda pillachilik va qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Barchamizga ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan milliy boyligimiz hisoblangan pillachilik sohasiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu yo‘nalishda muhim qarorlar qabul qilinmoqda. Mazkur qarorlar ijrosi doirasida Bekobod tumani Mallaboy mahallasida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari X. Qoraboyev hamda Bekobod tumani hokimi boshchiligida tuman fermerlari va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etdi.

Seminar oldidan tumanda mavsumga tayyorgarlik doirasida nuroniylar boshchiligida jonliq qurbonlik qilinib, ehson berildi. Yurtimizda dehqonchilikka baraka tilab duolar qilindi.

Tadbir davomida qator dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi:

🔹 paxta maydonlarini samarali boshqarish

🔹 g‘alla parvarishini takomillashtirish

🔹 ariq va zovurlarni betonlashtirish

🔹 intensiv sug‘orish usullarini joriy etish

🔹 dala chetlaridan unumli foydalanish

🔹 kartoshkachilikni rivojlantirish

🔹 yashil bog‘lar maydonini kengaytirish

Mazkur seminar qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish hamda samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5