Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
Nazarboy mahallasida unumli mehnat — baraka manbai!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari Y. Mo‘minova, Nazarboy mahalla raisi hamda hokim yordamchisi bilan birgalikda mahallada zovur yoqalaridan samarali foydalanib kelayotgan ilg‘or tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida tadbirkor o‘z faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib, qisqa vaqt ichida mahalla raisi va hokim yordamchisining ko‘magida foydalanilmay yotgan zovur atrofidagi yerlarni daromad manbaiga aylantirganini alohida ta’kidladi.

🌱 Bugun ushbu hududda:

🔹 bog‘dorchilik rivojlangan

🐄 chorvachilik yo‘lga qo‘yilgan

🐓 parrandachilik kengaytirilgan

🐟 baliqchilik samarali tashkil etilgan

🐝 asalarichilik orqali qo‘shimcha daromad olinmoqda

💼 Eng muhimi, ushbu tashabbuslar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, mahalla aholisining bandligi ta’minlanmoqda.

📊 Mutasaddilar mazkur tajribani kichik hududlardan unumli foydalanishning yorqin namunasi sifatida e’tirof etdilar.

🌸 Shuningdek, tadbirkor o‘z xonadonida mo‘jaz bog‘ barpo etgan bo‘lib, unda turli mevali daraxtlar gurkirab o‘smoqda. Bog‘ oralig‘ida esa yil davomida hosil beruvchi qulupnaylar yetishtirilmoqda.

🚀 Nazarboy mahallasidagi bunday tashabbuslar nafaqat tadbirkorlikni rivojlantirish, balki hududlarni obod etish va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir!

Slide 1 of 6