Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Deputat so‘rovi ijrosi joyida o‘rganildi

Yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi- deputat Barno Sayfutdinovna Abdullaevaning so‘rovi yuzasidan deputat, hokim o‘rinbosari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Qizil Sharq mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

📍O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

🏦⚖️Mazkur faoliyat quyidagi qonuniy asoslarda amalga oshirilmoqda:

— O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni;

— O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari Kengashlari deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni;

— O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

↗️ Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni joyida hal etish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3