Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Deputat o'rganish

 Ijtimoiy xizmatlar sifati — deputat e’tiborida 

Xalq deputatlari
Ohangaron tuman Kengashi deputatlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini
qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida
qator o‘rganishlarni amalga oshirishmoqda. Ana shunday o‘rganishlardan biri Xalq
deputatlari tuman Kengashiga 13-Chetsuv saylov okrugidan saylangan deputat Axror
Xalilov tomonidan amalga oshirildi. 

Deputat tuman Kengashi
kotibiyati mutasaddilari bilan birgalikda “Chetsuv” mahalla fuqarolar yig‘inida
bo‘lib, mahalla raisi Safuddin Kushmanov hamda ijtimoiy xodim Ixtiyor Abdusamatov
bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish
holati, ayniqsa ehtiyojmand aholi qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamning manzilliligi
va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. 

Ijtimoiy xodim
tomonidan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yordamga muhtoj oilalar
bilan ishlash amaliyoti o‘rganilib, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash
hamda to‘lash jarayonlari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar shaffofligi,
hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va aholiga axborot yetkazish mexanizmlari yuzasidan
fikr almashildi. 

Shuningdek, ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatishda uchrayotgan ayrim muammolar, jumladan, ehtiyojmand oilalarni
aniqlash, ularni ro‘yxatga olish va o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash masalalariga
alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan mazkur kamchiliklarni bartaraf etish,
xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish
bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

O‘rganish yakunida
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli
ishlarni davom ettirish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va manzilli
yordam ko‘lamini kengaytirish muhim vazifa sifatida belgilandi.  

Slide 1 of 1