Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazorati amalda.
янв.21
1-Markaziy Pop saylov okrugidan saylangan deputat Saboxon Mo‘ysinaliyeva o‘zi saylangan hududda joylashgan 5-sonli hamda 30-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputat tuman markazidagi "Yoshlar bog‘i"ning holati organildi.
янв.21
O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot: xavfsizlik va huquqiy ong masalalari haqida suhbat o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida amalga oshrililadiga loyihalar ustidan deputat nazorati.
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Davlat dasturi loyihalari asosida ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari Kengash raisi tomonidan oʻrganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan loyihalar Kengash raisi nazoratida.
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oʻrganildi.
Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi

Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki ko‘chalar holati hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif doirasida shaharning “Zarafshon” mahallasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, mahalla ichki ko‘chalarining holati, ularni ta’mirlash, asfaltlash va shag‘allash ishlarining sifati tahlil qilindi. Ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlanib, bu borada tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar ham o‘rganildi. Daraxt ekish, hududlarni tozalikda saqlash, bolalar maydonchalari va dam olish joylarini tartibga keltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus xizmatlar tomonidan chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari qay darajada tashkil etilgani o‘rganilib, ayrim hududlarda bu borada kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan ham muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va ko‘chalarni yoritish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Yakunida mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish va mahallalarda obod muhit yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ushbu ishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va Navoiy shahrining yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5