Deputat tuman markazidagi "Yoshlar bog‘i"ning holati organildi.
️Tuman Kengashi deputati Sh.Abdurahimov tomonidan tuman markazidagi "Yoshlar bog`i" dam olish maskanining holatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida ushbu bog`ning obodonlashtirilganlik darajasi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, tozaligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Yoshlar bog`ida o‘rnatilgan o‘rindiqlar, yoritish tizimlari, bolalar o‘yingohlari, yoshlar ziyo maskani hamda sport maydonchalarining texnik holati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.