Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Dilbar Do'squlova Nurli Pangat mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari deputat nazoratida tashkil etildi.
Umumxalq hashari davomida ko‘chalar tartibga keltirilib, hududlar tozalandi hamda atrof-muhitni yanada obod qilish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.
Jarayonda deputat ham faol ishtirok etib, aholi bilan birgalikda hashar ishlarida qatnashdi.
Shuningdek, mahalla hududidagi infratuzilma holati o‘rganilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi va ularning taklif hamda muammolari tinglandi.
Mahallada obodonlashtirish va tozalash ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.