Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Deputat saylovchilar bilan dolzarb masalalarni muhokama qildi
янв.21
Davlat dasturi loyihalari asosida maktabni ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Deputat mahallada.
янв.21
Madad” NNT va Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Tuman Kengashida navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌱 “Bir yaxshilik haqida” – Kelajak soati
янв.21
Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонун лойиҳаси депутатлар муҳокамасида
DEPUTAT FAOLIYATI.QONUNLAR TARG`IBOTI.

Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘z okrugidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida huquqiy targ`ibot uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu tadbirda deputat B.Mahmudova yig`ilganlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini yuzasidan batafsil ma`lumotlar berdi. Shuningdek deputat korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

Slide 1 of 3