Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi

Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi

12-Dambog‘ saylov okrugida deputat Toshmatova Hakimaxon Rahimjonovna tomonidan navbatdagi qabul kuni o‘tkazildi. Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, aholini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish holati deputat tomonidan nazoratga olindi.

Qabul jarayonida fuqarolar bilan suhbatlashilib, mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolari holati ham o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 9