Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.

 Bugun tuman Madaniyat markazida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi xarbiy qism askar va zobitlari, tuman deputatlari tashkilot va korxona raxbarlari qatnashdilar.  

Tadbir avvalida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shuxratbek Jalilov barchani bayram munosabati bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotganligi, yoshlarni ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularda davlatchiligimiz tarixi bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish, vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilish, ota-bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, Vatanimiz va xalqimiz tinchligi hamda osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur ajdodlarimiz borasida gapirib otdi va Vatan
himoyachilari kuni bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.
 

Shuningdek, tadbirda xizmat vazifasini bajarishda o‘zining namunali xulqi, Vatan sarxadlarini qo‘riqlashda bilimi, kuchi va
matonati orqali safdoshlariga ibrat bo‘layotgan bir guruh askar va zobitlar tuman hokimligining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 

Ko'tarinki ruhda tashkil etilgan tadbir so‘ngida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi
namoyish etildi.
  

Slide 1 of 9