Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich “Qirg`isovul” MFY yettiligi bilan uchrashib mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoat havfsizligi, aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, gaz, elektr va suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va
yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fikr va takliflar tinglandi. hamda mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
 

Slide 1 of 4