Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Eski To‘da mahallasida mahalla raisi va xotin qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
«Imon Ota» MFYda 2,5 milliard so‘mlik yo‘l loyihasi va yangi ko‘prik qurilishi nazoratda
янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
“Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni” munosabati bilan 57-sonli umumta’lim maktab o'quvchilari sharoiti o'rganildi

3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov tuman prokurori va soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri bilan birgalikda “Istiqlolobod” mahallasida joylashgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 57-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

1971-yilda barpo etilgan va 2014-yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan mazkur 250 o‘rinli muassasada bugungi kunda 150 dan ziyod alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘zbek va rus tillarida tahsil olishmoqda.

Tadbirda so‘z olgan xalq deputatlari Mirobod tumani Kengash raisi - tuman hokimi Anvar Sayfutdinov nogironligi bo‘lgan insonlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini ta’kidlab, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz — irodasi, mehnati va matonati bilan hayotda o‘z o‘rnini topib, ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan insonlardir. Ularning har bir yutug‘i — jamiyatimizning yutug‘idir. Ularning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, munosib sharoit yaratishni biz ustuvor vazifa sifatida belgilaganmiz.”

Hokim va mas’ullar o‘quvchilarga o‘zining iliq tilaklarini bildirib, ular uchun tayyorlangan bayram sovg‘alarini topshirishdi.

Slide 1 of 16