Maktab hududidagi chiqindi muammosi nazoratga olindi
12-Saidobod saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi N.Ubaydullayeva hududidagi mavjud
muammolarni o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.
Xususan, kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan hududdagi 22-sonli umumta’lim maktabining sanitariya holati ko‘zdan
kechirildi.
O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:
Mazkur maktab hududidan chiqindilar 2 oydan buyon olib
chiqib ketilmagan.
Buning natijasida maktab hovlisida chiqindi uyumlari
to‘planib, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun noqulaylik hamda antisanitariya
holati yuzaga kelgan. Deputat
nazorati: Aniqlangan kamchilik yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga choralar ko‘rish va chiqindilarni olib
chiqishni ta’minlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilish maʼlum
qilindi.