Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Toyloq tumanidagi 2-son politexnikumida yoshlar bilan bo'lib o'tgan tadbirda viloyat Kengashi deputati, tuman ayollar targ‘iboti guruhi rahbari Mo‘tabar Yo‘ldosheva, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari
Z.Avazov hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
✅Uchrashuv davomida yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash, uning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’ruzalar qilindi.
✅Deputat M.Yo‘ldosheva yurtimizdan amalga oshirilayotgan loyihalar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o'tdi. Shuningdek, yoshlarda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, siyosiy bilimlarini oshirish va amaliy tajriba orttirish bo'yicha tavsiyalarini berib o'tdi.
✅Qayd etilganidek, bunday davra suhbatlari yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda mas’uliyat va daxldorlik hissini mustahkamlash hamda mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅@sam_vil_deputatlari