Viloyat kengashi deputati mahallada
Deputatlarning mahalla vakillari bilan uchrashuvlari doirasida hududdagi muammolar o‘rganilib, ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Shu jumladan, viloyat kengashi deputati Feruza Raximova Kattaqo'rg'on shahar Noqis mahallasida bo‘lib yettilik bilan gaplashdi.
✅Mahalla yettiligining aholi hamda hududdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu borada o‘z fikr va takliflarini berdi. Kelgusida hamkorlikdagi ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
✅Shuningdek, deputat mahalla vakillari hamrohligida aholi xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlar olib bordi.
✅ @sam_vil_deputatlari